Saskachevan

Saskachevan — Kanadaning Mar- kaziy qismidagi provintsiya. Mayd. 651 ming km2. Ahrlisi 1,01 mln. Kishi (2002). Ma’muriy markazi — Rijayna sh. S. hududining aksari qismi Lavrentiy qirlarida, Jan. esa Buyuk tekisliklarda joylashgan. Eng katta daryosi — Saskache- van. Shim.sharqi igna bargli o’rmonlar, Jan.g’arbi o’rmondasht va dashtdan ibo- rat. Mamlakatdagi q.x.ga yaroqli erlar- ning 1/3 qismi S.da. Kx.da eksport uchun bug’doy etishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa boqiladi; parrandachi- lik rivojlangan. Kaliy tuzlari, neft, geliy, mis, uran rudalari qazib olinadi. Ozik,ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, kora metallurgiya, q.x. mashinasozligi, yog’ochsozlik, tsellyulozaqog’oz sanoati kor- xonalari bor. S. orkali transkanada t.y. va avtomobil yo’llari, neft va gaz quvurlari o’tgan.