SARSO’ZAN

SARSO’ZAN (fors. — bosh va igna) — zargarlik buyumi; ayollarning bosh kiyimiga taqiladigan to’g’nog’ich. Boshga yopiladigan ro’molyopinchiqni ayolning bosh kiyimi (ikki chakka)ga S. yordamida mustahkamlangan. S. turli shakldagi asosiy va shokila qismdan tuzilgan. Qadimda suyakdan yasalgan, keyinchalik bronza to’g’nog’ichlar b-n almashingan. 19-a.ga kelib S. shabaka usulida sharcha (Feruza ko’zlar qadalgani «anor» S.) hamda qushcha shaklida ishlangan yoki shokilalari qushcha b-n yakunlangan. Ba’zi joylarda sanchoq ham deb atalgan.