Sa’dullaev Lutfulla

Sa’dullaev Lutfulla (1940.18.12, Toshkent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (2001). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1965). 1963 y.dan yosh tomosha- binlar teatri aktyori. S. ijro etgan rol-lari inson qalbiga yaqin bo’lib, tomosha- binni o’ziga hamdard qila olishi, obraz- lar xarakteri, dunyoqarashi, qahramonlar ichki dunyosining rangbarangligi, boy va kengligi b-n ajralib turadi. Muso Ja- lil («Muso Jalil»), Bunyod («Semurg'»), Ibn Sino («donishmandning yoshligi»), Hamza («Qaldirgochlar»), Qori («Tobut- dan tovush»), Shog’ulom («janjal»), omon («Shum bola»), Mirqosim («zaharli tom- chilar»), Ibn mal’un («ming bir kecha») kabi rollari b-n tanilgan. U ko’pgina te- lefilm, videofilm va telepostanov- kalarda ham ko’plab rollar o’ynagan: ber- Di («qismat»), Abdulla («odam bo’lish qiyin»), Alimardon To’raev («Bahor qaytmaydi»), mahkam («uch ildiz») va b. Shuningdek, S. «Otalar so’zi — aqlning ko’zi» ko’rsatuvining faol ishtirokchi- laridan. Rej. sifatida ham ijod qilib, «Adashganlar» (T. Qozoqboev), «Tinib- tinchimas buvijon» (L. Sa’dullaev), «Gap yo’q, qo’zichoq» (S. Sirojiddinov), «Bolalar shou», «Zumrasha», «rivoyat» (h. Nizomitdinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 2003 y. u kinorejis- syor sifatida «Munis onam» filmini ekranlashtirdi.