Stadion

Stadion (Yun. stadion — musobaqalar o’tkaziladigan joy) — aso- siy sport maydoni tomoshabinlar uchun tribunalar, yugurish, sakrash yo’lkalari, gimnastika va sport o’yinlariga mo’ljallangan maydonchalar, yordamchi bino va xonalarni uz ichiga olgan sport inshooti. Hoz. zamonaviy S.larning ki- chik o’lchamdagi nusxasi Yunonistonning Olimpiya, Afina, Delfa va b. joylari- da bunyod etilgan bo’lib, ular Olimpiada o’yinlari hamda boshqa musobaqalarni o’tkazishga mo’ljallangan. Bu S.lar to’g’ri to’rtburchak yoki taqasimon Arena- li bo’lib, yonida tomoshabinlar uchun joy qilingan. Olimpiada o’yinlarining ti- klanishi (1896) ko’pgina mamlakatlarda yirik S.lar qurish uchun turtki bo’ldi (1-Olimpiadani o’tkazish maqsadida antik Afina Si ta’mirlandi). Qadimgi S.lardan farkli ravishda, hoz. S.lar musobaqalar joyigina bo’lib qolmay, ularda sog’lomlashtirish va har xil sport turlari bo’yicha o’quvtrenirovka mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. 1950-60 y.lardan usti yopiq S.lar qurish keng avj oldi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekistonda zamonaviy sport inshoot- lari, jumladan, S.lar qurilishiga e’- tibor kuchaydi. Hozir mamlakatda 350 ga yaqin S. bor (2004).