Spektakl

Spektakl (lot. spectaculum — tomosha) — teatr san’ati asari. Posta- novkachirej. boshchiligida teatr jamoa- si (aktyorlar, rassom, kompozitor, balet- Meyster va h.k.) tomonidan yaratiladi. S. asosida pesa (opera va balet kompo- zitor partiturasi, libretto, stsenariy) mazmuni bilan belgilanuvchi g’oyaviy niyat yotadi. Tanlangan pesaning talqin rejalari, dekorasiya va liboslarning eskizlari, rollar taqsimoti teatr ba- diiy kengashida muhokama qilinadi. Rej. pesa va obrazlarning talqin vo- sitalarini muayyan g’oya va badiiy shak- lga bo’ysundiradi, S.ning ko’rinishlari, echimi va ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyor- lar bilan ishlash, mizansahnalarni belgilash, sahnaviy obrazlar va ular o’rtasidagi munosabatlarni shakllanti- rish S. yaratish jarayonining hal qiluvchi shartlaridan biridir. S. sintetik asar bo’lgani uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari, Chiro- klar va turli effektlar uni yanada boyi- tadi. Yana q. Teatr, rejissyorlik san’ati, Aktyorlik san’ati.