Spenser (Spenser) Gerbert

Spenser (Spenser) Gerbert (1820.27.4, Derbi sh. 1903, 8.12, Brayton sh.) — ingliz faylasufi va sosiologi, pozitivizm asoschilaridan biri. F. Be- kondai keyin umumiy bilim tizimini yaratishga uringan olim hisoblanadi. S. o’zining asosiy asari 10 j.li «sintetik falsafa tizimi» kitobi ustida uzok, ishladi (1862-96)! Ibtidoiy madaniyatni o’rganishga mu- ayyan hissa qo’shdi. Kont izidan borib sosiologiya asosiga evolyusiya g’oyasini qo’ygan. Uning «sosiologiya asoslari» asarining o’zagini biologik va ijti- moiy organizmlar o’rtasida o’xshashlik mavjud, degan qoida tashkil etadi. S. karashlarida evolyusiontarixiy yondo- shuv strukturalifunktsional va tizim — li yondoshuvlar bilan qo’shilib ketgan. Uning Fi kricha, ijtimoiy organizm 3 ta asosiy «tizim»dan iborat: «regulyativ», «hayot uchun vositalar ishlab chiquvchi», «taqsimlovchi». «Regulyativ» tizimni tahlil etar ekan, S. e’tiborni «ijti- moiy nazorat» vositalariga qaratadi. Xususan, u siyosiy boshkaruvni ijtimo- iy nazoratning bir turi sifatidagina tushuntirgan. Bu tartibotlar ibtidoiy jamiyatdayoq mavjud bo’lgan shakllardan yuzaga kelgan va astasekin rivojlanib borgan. Har qanday ijtimoiy tartibot ijtimoiy harakatlarning mustahkam tuzilmasi sifatida shakllanadi. S. shaxsning rivojini evolyusiyaning oliy maqsadi va taraqqiyotning asosiy mezoni deb bildi, sinfiy kurashni qoraladi. S. sosiologik ta’limotining ba’zi goyalari (jamiyatning organik kontsep- tsiyasi, muvozanat nazariyasi va b.) ni za- monaviy sosiologiya maktablari puxta o’zlashtirgan.