ZENON (ZENON) KITIONLIK

ZENON (ZENON) KITIONLIK (miloddan avvalgi taxminan 336-264) — yunon faylasufi, stoisizm falsafiy maktabining asoschisi. Kipr orolidagi Kition shahrida savdogar oilasida tug’ilgan. U falsafani 3 qismga — mantiq, etika va fizikaga bo’lgan. U Geraklit izidan borib, borliqning asosida olov yotadi; barcha narsalar olovdan paydo bo’lgan, asrlar o’tgach, yana olovga aylanadi, olovning quyuqlashuvi va siyraklashuvidan havo, suv va tuproq paydo bo’ladi, deb hisoblagan. Zenon fikricha, jamiyatdagi illatlarning boisi faqat bilimlar yetarli emasligidir. Jamiyat to’g’risidagi ta’limotida Zenon kosmopolitik qarashlarni rivojlantirdi, bora-bora jahon davlati qaror topadi, barchaning farog’ati ayrim shaxslar farog’atidan yuqori turadi, deb hisobladi. Uningcha, hamma xalqlar uchun umumiy bo’lgan va butun dunyoni qamrovchi qonun davlatga ham taalluqdi bo’ladi. Zenon g’oyalari psixologiya va etikaning rivojlanishiga muayyan ta’sir ko’rsatgan. Uning asarlaridan ayrim parchalar yetib kelgan.