ZIGMASHINA

ZIGMASHINA, zikmashina (nemischa Sieskenmaschine) — yupqa list materiallarda chuqurcha va chiqiqlar (Ziglar), ariqchalar hosil qiladigan, shuningdek, ularni tekislaydigan va kalibrlaydigan mashina; dastaki va mexanik xillari bor. Zigmashinada profillangan aylanuvchi ikkita rolik mavjud; roliklar orasida material bukiladi.