ZIGMONDI

ZIGMONDI (Jigmondi; Zsigmondy) Rixard Adolf (1865.1.4, Vena — 1929.23.9, Gyottingen) — avstriyalik fizikkimyogar. Gyottingen universiteti organik va kolloid kimyo kafedrasi professor (1903-07), Gyottingen universiteti anorganik kimyo instituti direktori (1908-29). Immersion ultramikroskopni ixtiro qilgan (1913), kolloid eritmalarning mikrogeterogen tabiatini aniqlagan. Adsorbent g’ovaklarida suv bug’i kapillyar kondensasiyasi nazariyasini olg’a surgan (1911). Yorug’lik nuri analizatori, membranali (1918) va o’ta mayda filtrlar (1922) ixtiro qilgan. Bo’yagichlar va rangli shishalar olish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1925).