Sorbentlar

Sorbentlar (lot. sorbens — yutuvchi) — gaz, bug’va erigan moddalar- ni yutish uchun qo’llanadigan qattiq yoki suyuq moddalar. Yutuvchi modda sorbent, yutiladigan modda esa sorbtiv yoki sor- BAT deyiladi. Adsorbtsiya, absorbtsiya va kapillyar kondensasiya kabi oddiy ja- rayonlar yig’indisidan iborat murakkab fizikkimyoviy jarayon sorbtsiyadir. Agar sorbtivning yutilishi uning sorbent bilan ta’sirlanishi natijasida bo’lsa, bunday jarayon xemosorbtsiya deb atala- Di. Xemosorbtsiya ko’pincha sorbent sat- xida sodir bo’ladi. Faollangan kumir, silikagel, alyuminiy oksid, tseolitlar ko’plab ishlatiladigan S.dir. Sintetik ionlovchi smolalar (q. Ionitlar) xam muxim S. hisoblanadi. Suyuq S. kimyo sa- noatida qo’llanadi.