Sol
Sol — 1) o’rmon xo’jaligida — tayyorlangan yog’ochlarni suvda oqizish (tashish) vositasi. Birbiriga arqon b-n biriktiriladigan g’o’lalardan ibo- rat. Ustiga yog’och tahlanadi. Odatda, uni kema shatakka oladi (surgaydi), ba’zan suv oqimi b-n suvda oqiziladi. Daryo va ko’lda foydalaniladigan S to’rtburchak shaklda bo’ladi, hajmi (tashiladigan yog’och hajmi) 30 ming m3 ga etadi. Dengiz- da foydalaniladigan S. sigara shaklida bo’ladi, hajmi 1,5 ming m3 ga etadi; 2) suv transporti sifatida foydalanila- digan platforma (supa). Bir necha xodani, qamishlar bog’lamini, suvda cho’kmaydigan bochka va yashiklarni yoki puflama rezi- na tagliklarni birbiriga biriktirib, ustiga taxta supa to’shab yasaladi. Sdan, asosan, odamlar, mashinalar va yuklar- ni suvning bir qirg’og’idan ikkinchisiga o’tkazish uchun foydalaniladi; 3) kema yoki samolyotning qutqaruv majmuiga ki- radigan qutqaruv vositasi.