Separatizm

Separatizm (Frans. Separatism — ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; davlatning bir semiki milliy, diniy, etnografik, siyo- siy, iqtisodiy sabablarga ko’ra, ajratib olib yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish harakati. S.ning kuchayishi yoki pasayishi tashki va ichki omillarga bog’liq bo’ladi. Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, o’zini shu mamlakatning teng huquqli fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shartsharoitlar yara- tilgan bo’lsa, S.ga o’rin qolmaydi va AK- sincha. Ko’pincha ichki sabablarni kuchay- tiruvchi, gijgijlovchi, o’z maqsadlari yo’lida foydalanuvchi kuchlar S.ning paydo bo’lishi va kuchayishiga olib kela- Di. Tarixda S. harakatlari ko’p bo’lgan, ular aksariyat hollarda mojarolarga, nizolarga olib kelgan va fuqarolar urushi orqali kechgan. Hoz. vaqtda Ros- siyaning Chechenistonidagi, Turkiyaning kurdlar, Ispaniyaning Basklar yashay- digan hududlari, Kanada Kvebekidagi harakatlarni S.ning ko’rinishlaridan hisoblanadi. S. milliy ozodlik harakatidan farklanadi. Sayfiddin Jo’raev.