Separator
Separator (lot. separator — AJ- ratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zar- ralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalar- ni tarkibiy qismlarga ajratish uchun mo’ljallangan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining Fi- zik xususiyatlari (zarrachalarning shak- li, massasi, solishtirma og’irligi, mag- nit xossasi va b.) orasidagi farqqa asos- langan. S.ning markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, ishqalanma, elektr va b. xillari bor. Markazdan qochma S.lar (tsentrifugalar) da suyuklik ichi- dagi og’irroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch ta’sirida ajra- ladi. Moyni suv va mexanik aralashma- lardan tozalash, sutni qaymoq va yog’siz sutga ajratishda qo’llaniladi. Magnit S. foydali minerallarni g’ovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydoni- ning turli mineral zarralariga turlicha ta’sir etishiga asoslangan. Tindirma S. birbiri b-n aralashmaydigan 2 suyu- klikni rezervuarda tindirish yo’li b-n ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba bo’lib, yuqorisidan engil, pastkisidan og’irroq suyuklik chiqadi. Pnevmatik S. tegirmon- da maydalangan materialning mayda-Yi- rikligini havo oqimi ta’sirida rost- lash, uni boyitish va b.da ishlatiladi. Ishqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitishda qo’llanadi. Gaz S.ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalana- Di. Buning gravitasion (gaz tezligini keskin pasaytirishga asoslangan), TSI- klonli (markazdan qochma kuchga asoslan- gan) xillari bor. S. xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida, mas, un tortish korxonalarida, gaz sanoatida, paxta te- rish mashinalari va b.da ishlatiladi; 2) podshipniklarda shar yoki roliklarni birbiridan ajratib turadigan detal (q. Podshipnik).