Sag’itov Ismail Tanatarovich
Sag’itov Ismail Tanatarovich (1908.2.8, Qoraqalpog’iston, Xo’jayli tumani — 1993, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. O’zbekiston FA mux- bir a’zosi (1966). Filol. fanlari D-ri (1963), prof. (1965). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969). «Qizil Qoraqalpog’iston» gaz.da bo’lim mudiri (1935), muharrir (1936-37). Qoraqalpog’iston davlat nashriyoti- da bo’lim mudiri (1941), director (1943) va bosh muharrir (1952-55). Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi qoshidagi san’at ishlari boshqarmasi boshlig’i (1943-46). O’zbekiston FA Qoraqalpog’istondagi kompleks iqtisod va madaniyat i.t. instituti- da ilmiy xodim (1946-52), director o’rinbosari (1955— 58), N. Davqaraev nomidagi Tarix, til va adabiyot in- tida bo’lim mudiri. Ilmiy faoliyati Qoraqalpoq qahramonlik eposi mavzuiga bag’ishlangan. Ac: Berdaq — buyuk shoir—vatanpar- var, Nukus, 1943; Berdaq ijodi, Nukus, 1958; Qoraqalpoq xalq qahramonlik eposi, T., 1963; zamon va adabiyot, Nukus, 1969.