Sverdlin Lev Naumovich
Sverdlin Lev Naumovich (1901.16.11, Astraxon — 1969.29.8, Moskva) — Xalq artisti (1954). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ar- tist (1944). 1921 y. Turkiston Siyosiy boshqarmasi qoshidagi teatr studiya- dan S. Moskvaga o’qishga jo’natilgan. O’qishni tugatgach (1926), 1937 y.gacha Mey- erxold, 1937-40 y.lar Vaxtangov teat- rlarida, Moskva drama teatri, 1954-67 y.lar V. Mayakovskiy nomidagi teatrda ishlagan. S. o’zbek professional aktyor- larining birinchi muallimlaridan. U 1924-30 y.lar Moskvada birinchi va ikkinchi o’zbek drama studiyalarida dars bergan («qorovul uyqusi», «Yorqinoy» spektakllarini sahnalashtirgan). Ti- xon («momaqaldiroq»), poloniy («xam- let»), Xlebnikov («nomus qonuni»), Melodi («shoir qalbi») va b. sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridan, «Moskva- dan yiroqda» (Zalkind), «moviy dengiz yonida» (Yusuf), «toqqa qochgan Alitet» (Alitet), «yo’l» (Beimbetov) kabi fil- mlarda suratga tushgan. Toshkentda onasi yashagani tufayli u O’zbekistonga teztez kelib turgan va milliy kinomizning shakllanishiga munosib hissa qo’shgan. 1943 y. S. «Nasrnddin Buxoroda» fil- mida Xo’ja Nasriddin obrazini yarat- gan. Shuningdek, Toshkent kinostudiya- sida yaratilgan «uning ismi Suxebator» («Mongolkino», 1942) filmida ham Su- xebator rolini o’ynagan.