Sidney, Sidni
Sidney, Sidni — Avstraliyaning Jan.Sharqiy qismidagi shahar, Port- Jekson qo’ltig’ining har ikki sohilida. Mamlakatning savdomoliya markazi. Yangi Jan. Uels shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 4,04 mln. kishi (1999), aholi soni bo’yicha mamlakatda 1-o’rinda. Mamlakatning yirik iqtisodiy marka- zi, bosh porti. Aeroporti xalqaro axa- miyatga ega. Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, kora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, to’qimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qog’oz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat korxonalari, asosan, qo’ltiqdan shim.da va shahar atrofla- rida, moliyaviy muassasalar esa Jan. da joylashgan. Qo’ltiqning har ikki sohili ravoqli ko’prik (uz. 2 km) orqali bog’langan. Metropoliten qurilgan. un-t (1850), konservatoriya, rasadxona, kutub- xonalar, Avstraliya, geol., amaliy san’at muzeylari, badiiy galereya, opera va b. teatrlar, hayvonot bog’i bor. Shaharga 1788 y.da inglizlar tomonidan asos so- lingan va Angliya ichki ishlar vaziri nomi b-n Sidni deb atalgan.