Sifat

Sifat (tilshunoslikda) — pred- met belgisini bildiruvchi so’zlar tur- kumi. Grammatikada belgi so’zi keng tushunchali bo’lib, u belgini rangtue, hajm, shaklko’rinish, xususiyat va sh.k.ga ko’ra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va b. Shu xususiyatlariga ko’ra, S.lar ma’- nosiga qarab bir necha turga bo’linadi: rangtue bildiruvchi S.lar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazata’m bildi- ruvchi S.lar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi S.lar — mehribon, sodda, mug’ambir, yuvosh kabi; shaklko’rinish bildiruvchi S.lar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmo’lchov bildiruvchi S.lar — keng, tor, katta, og’ir, engil kabi va b. S. turkumi o’ziga xos so’z yasalishi va morfologik tizimiga ega. O’zbek ti- lida yasama S.lar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. S.ning mor- fologik belgisi — daraja kategoriya- siga egaligidir. S. bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil bo’lishi mumkin: me’yoriy, me’yordan ortiq (yuqori) va me’yordan oz (kuchsiz, past). Shunga ko’ra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farklanadi: oddiy daraja —maxsus ko’rsatkichi yo’q va u belgining me’yoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuch- siz va sh.k.ga befarq) holatini bildi- radi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik ko’rsatkichi yo’q. Bel- gining ortikligi ma’nosi o’zbek tili- da bir necha usul b-n ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, ko’mko’k, baland (unlini cho’ziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus so’zlar yordamida): juda kuch- li, nihoyatda go’zal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qo’poldan qo’pol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, sho’rroq kabi. S.lar otlashuvi mumkin (q. Otlashuv): yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balo- si yuqar. Azim Hojiev.