SIYDIK CHIQARISH KANALI, uretra
SIYDIK CHIQARISH KANALI, uretra — odam, umurtqali hayvonlar va ba’zi umurtqasizlarda qovuqdan tashqariga siydik chiqadigan yo’lning uchki qismi. Nay shaklida, devori ichki (shilliq) parda, muskulli va biriktiruv- chi to’qimali qavatlardan iborat. Ayollar S.ch.k. (uzunligi 4-5 sm) qovuq tubidagi teshikdan boshlanib, tashqi teshigi qin daxliziga klitordan bir oz pastroqda ochiladi. Erkaklar S.ch.k. (uzunligi 20 sm gacha) qovuqdan ichki teshik b-n boshlana- Di, prostata bezining ichidan o’tib, siy- diktanosil diafragmasini teshib chika- Di va erkaklik olati g’ovak tanasining ichida yo’nalib, olat boshchasida ochiladi. SCH.k.ning qovuqdan boshlanadigan qismi muskulli halqa b-n o’ralgan.