Skope, Skople
Skope, Skople — Makedoniya poy- taxti, Vardar daryosi bo’yida. Aholisi 444,2 ming kishi (1990y.lar o’rtalari). Mamlakatning sanoat markazi, trans- port yo’llari tuguni. Mamlakatda ish- lab chiqarilayotgan maxsulotlarning ½ qismi S.ga to’g’ri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo (plastmassa, sin- tetik tola, mineral o’g’itlar), farmasev- tika, to’qimachilik, ko’npoyabzal, oziq- ovqat (tamaki, mevasabzavot konserva- si), yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Gilam to’qiladi. S. — Ma- kedoniya madaniyati markazi: Makedoniya fanlar va san’at akademiyasi, un-t, ba- diiy galereya, arxeologiya va etnografiya muzeylari, teatr bor. Shaharga 6-a.da antik Skupi sh. yaqinida asos solingan. 9— 10-a.larda S.da 1bolgar qirolligi, 13-a. oxiridan Serb davlati hukmronlik qilgan. Shahar . 1392-1912 y.larda tur- klar qo’l ostida bo’lgan. 1913 y.da Ser- biya Qirolligi, 1918 y.dan Serb, xor- vat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibida. 2-jahon urushi davrida nemis fashistlari bosib olgan. 1963 y.dan Yugoslaviya tarkibidagi Ma- kedoniya, 1991 y.dan mustaqil Makedoniya Respublikasi poytaxti.