Skarifikasiya

Skarifikasiya (lot. scarifi co tirnayman, tilaman), urug’ni skarifi- kasiyalash — unib chiqishini tezlashti- rish maqsadida qobig’i qattiq urug’lar po’stini mexanik shikastlash yoki yum- shatish. Asosan dukkakdoshlarga man- sub o’tlar urug’i, daraxt va butalarning suv o’tkazmaydigan qobiqli urug’lari S. qilinadi. Skarifikator mashinalar- da bajariladi, ayrim urug’larga kuchli oltingugurt kislotasi b-n yoki boshqacha usullarda ishlov beriladi (mas, poliz- chilikda qovun, qovoq, tarvuz urug’lari, paxtachilikda chigit unishini yaxshilash uchun ekish oldidan ivitiladi, namla- nadi). S. ekishga qadar bir oy yoki undan kamroq qolganda o’tkaziladi, chunki urug’ qobig’i shikastlangandan yoki yumshagan- dan keyingi davr ularning hayot faoliya- tiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.