Skatlar

Skatlar (Batomorpha ya’ni Batoidei) — tog’ayli baliqlar sinfiga mansub baliqlar katta turkumi (ba’zan turkum). Tanasi yassi, keng disksimon yoki rombsimon, uzunligi bir necha sm dan 6-7 m gacha, vazni 2,5 t gacha. Terisi yalang’och yoki pixlar b-n qoplangan. Jabra yorikdari 5 ta, qorin tomonida joylash- gan. Ko’krak suzgichlari qirrasi, boshi va tanasi yoniga tutashgan. Orqa suzgichlari dumi ustida yoki bo’lmaydi. Anal va ku- pincha dum suzgichlari yuq; kukrak suz- gichlari juda kengaygan. Tishlari uzaro tigiz joylashib, kuchli qirg’ichni hosil qiladi. 5 turkum, 14 oila va 350 turni uzi ichiga oladi. Suv tubida, ayrim- lari (mantolar va qrziqdumlilar) suv qa’rida yashaydi. Asosan, dengizlar va okeanlarda 2700 m chuqurlikkacha yashaydi. Ayrim turlari tropik mintaqalardagi daryolar (Amazonka daryosi havzasi)da uch- raydi. S. suv tubidagi organizmlar b-n oziklanadi; bir qancha turlari yirtqich. Tirik tug’adi yoki tuxumdan tirik tug’adi; faqat rombsimon skat mugus kapsulaga uralgan yirik tuxumlarini suv tubi- ga qo’yadi. Har bir urg’ochisi organizmi- da 1 ta dan bir necha 10 tagacha embrion rivojlanadi. Elektr skatning tanasi ikki yonida elektr organlari joylashgan. Qoziqtsumning dumidagi o’tkir pixida zahar bezi bo’ladi. Bir qancha turlari Qora va Azov dengizida ham uchraydi. Ov- lanadi. Ayrim turlari odam uchun xav- fli.