Skif tili

Skif tili — hindevropa tilla- ri oilasidagi eroniy tillarning shim. Sharqiy guruhiga mansub til; mil. AV. 8-7-a.lardan mil. 4-a.gacha qora den- gizning shim. qirg’og’idan sharqqa Xitoy chegarasigacha bo’lgan cho’ldasht hududlarda yashagan qad. skiflar tili (bungacha skif- larning ajdodlari turkiyzabon bo’lgan). S.t.da qad. yaxlit yozuv yodgorliklari saqlanib qolmagan. Yunoncha matnlarda uchragan va atoqli otlar, joy nomlari, qabila, urug’nomlari S.t.ning eroniy tillarga mansubligini ko’rsatadi. Ular- ni tahlil qilish uchun eroniy tillar, eng avvalo, S.t.ning davomchisi hisoblangan osetin tili materiallari asos, vosita bo’lib xizmat qiladi.