Skifiya

Skifiya — qora dengizning shim. g’arbiy sohillari, Azov dengizi atro- fidagi dashtlar va Qrim cho’llarining ilmiy adabiyotlardagi nomi. Mil. AV. 7— mil. 3-a.larda S. ko’chmanchi skif qabilalari yashagan yurt sifatida til- ga olinadi. Gerodot S.ning chegarasi 20 kunlik yo’lga teng joy, deb ta’riflaydi, ammo, arxeologik materiallar skiflar- ga tegishli madaniyat yoyilgan hududlar doirasi juda keng ekanligidan dalo- lat beradi. Gerodotning ma’lumotiga ko’ra, ulkan S. ichida «azaliy Skifiya» bo’lib, u Dunay daryosining quyi havzasi qududlarini o’z ichiga olgan, uning Geo- grafik Markaziy qismida (hoz. Niko- laev sh. yaqinida xarobalari saqlangan) Olviya sh. (Borisfen) bo’lgan. Strabon esa «kichik Skifiya» sifatida Qrim dashtlari va qora dengizning shim. g’arbiy sohillarini tilga oladi. Mil. AV. 4-a.dan boshlab S. hududlari sarmat qabilalari siquvi ostida qisqara bosh- laydi. Mil. 3-a.ga kelib, qora dengiz- ning shim. bo’ylari Sarmatiya deb atala- digan bo’ldi.