Skin-effekt

Skin-effekt (ing. skin teri, qobiq va effekt) (sirtiy effekt) — o’zgaruvchan tok va u b-n bog’liq bo’lgan elektromagnit to’lkinlarning muhit ichiga kirgan sari so’na borishi. Bu- ning natijasida, mas, o’zgaruvchan tok o’tkazgichning ko’ndalang kesimi bo’yicha yoki magnit oqimi magnit o’tkazgichning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir tekis taqsimlanmaydi. Etarlicha yuqori chasto- talarda tok, asosan, o’tkazgichning yupka sirtki qatlami (skinqatlami)da oqadi va amalda uning chuqur qatlamlari (ichi) da bo’lmaydi. O’tkazgich kancha yo’gon va o’zgaruvchan tok chastotasi kancha yuqori bo’lsa, taqsimlash shuncha keskin farq qiladi. Elektromagnit to’lqinning am- plitudasi e marta kamayadigan masofa kirish chukurligi yoki skinqatlam deyi- ladi. S.e. elektromagnit to’lqinlar o’tkazuvchi muhitda tarqalayotganda uyur- ma toklar vujudga kelib, elektromagnit energiyasi bir qismining issiqlikka aylanishiga asoslangan. Bu elektr va magnit maydonlari kuchlanganligi va tok zichligining kamayishiga, ya’ni to’lqinning so’nishiga olib keladi. Elektromagnit maydon chastotasi v va o’tkazgichning magnit singdiruvchanligi |x qancha yuqori bo’lsa, o’zgaruvchi magnit maydoni vujudga keltirayotgan uyurma tokning elektr maydoni ham shuncha kuch- li bo’ladi. O’tkazgich o’tkazuvchanligi o qancha katta bo’lsa, tok zichligi va hajm birligidan ajralayotgan quvvat ham shuncha yuqori bo’ladi. v, p., va a qancha katta bo’lsa, so’nish shuncha kuchli bo’ladi, S.e. aniq kuzatiladi. Tok chastotasi va materialning xusu- siyatlari b-n bog’liq bo’lgan skinqatlami qalinligi 8 va tok eltuvchi (elektron) larning erkin yugurish yo’li / orasi- dagi munosabatga qarab, normal S.e. (Ь»1) va anomal S.e. (5″0 xillarga bo’linadi. Anomal S.e.da elektromagnit to’lqinlarning so’nishi mikdor jihatdan boshqacha bo’ladi. S.e. metallar, plazma va b.da sodir bo’ladi. Amalda undan keng foydalaniladi. Xususan, elektromagnit ekranlarining ishi, po’lat buyumlarning yuzalarini toblash S.e.ga asoslangan.