Skandiy

Skandiy (lot. Scandium), Sc — Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; at. ra- kami 21, at. m. 44,9559. Tabiatda S.ning fakat bir izotop i 45Sc borligi ma’lum. S.ning 10 ta sun’iy radioaktiv izoto- plari ichida (5nurlanuvchi izotop 46Sc (T1/2=83,9 kun)ning ahamiyati muhim. U radioaktiv indikator sifatida va tib- biyotda ishlatiladi. S. Nodir er element- lar jumlasiga kiradi. S.ni 1879 y.da shved olimi L.Nilson Skandinaviyada (lot. scandia, elementning nomi ham shun- dan) gadolinit mineralidan olgan. Er po’stining massa jihatdan 610″4% ini tashkil qiladi. S.ning asosiy minerallari tort- veytit Sc2SiO7 vasterrettit — Sc(PO4)2H2O nihoyatda kam uchraydi. Ulardan S. olinmaydi. S. och sariq tusda tovlanib turadigan engil, yumshoq, bolg’alanuvchan metall. Zichligi 3,020 g/sm3, suyuklanish t-rasi 1539±5°, qaynash t-rasi 2700° atrofida. S. kimyoviy xossalari jihatidan faol metallar jumlasiga kiradi. Havoda oksidlanishi tufayli xirala- shadi. Xlorid va sulfat kislota erit- malarida yaxshi eriydi, o’z birikmala- rida, asosan, 3 valentli, ammo alohida sharoitlarda S.ning 2 valentli birik- malarini ham olish mumkin. S. 450° da vodorod b-n gidrid (ScH2), 400-600° da galogen l ar b-n galogenidlar (Mae., ScCl3) hosil qiladi. Azot b-n 600° dan yuqori trada reaktsiyaga kirishadi. 800° da portlash natijasida S. nitrid ScN vujudga keladi. Oltingugurt, selen va tellur b-n faqat yuqori trada reaktsiyaga kirishadi. S. tarqoq xrlda nodirer mi- nerallaridan berill, volframitda va b. minerallarda ham uchraydi. Shuningu- chun S. volfram, qalay, uran va cho’yan i.ch. korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash yo’li b-n olinadi. Sof S. meta- li olish uchun ScCl3 yoki ScF, ni kaltsiy b-n qaytariladi; bu jarayon natijasi- da hosil bo’lgan mahsulot 1600— 1700° da vakuumda haydaladi. S.li ferritlar EHM uchun xotira elementlar tayyorlash- da ishlatiladi. S.ning zichligi kichik, suyuklanish t-rasi yuqori bo’lganligi sa- babli undan raketa va samolyot yasash ma- teriali sifatida foydalanish mumkin. S. va uning birikmalari radiotexnika va radioelektronikada, termoelektr Ge- nerator, oksid katod va b. tayyorlashda, yadro texnikasida, metallurgiyada, shisha, keramika, kimyo sanoatida, tibbiyotda qo’llanadi.