SKANDINAVIYA TOG’LARI

SKANDINAVIYA TOG’LARI – Skandinaviya ya.o.dagi tog’lar, asosan, Shvesiya va Norvegiya hududida. Shim. sharkdan jangarbga 1700 km masofaga cho’zilgan. Eni 600 km gacha. Eng baland joyi 2469 m (Galxyopiggen cho’qqisi). St. tektonik yoriqlar o’rnida yuzaga kelgan chuqur vodiy va fordlar b-n ajratilgan alohida tog’lik, yassitoglik va tizmalar- dan iborat. Relefi qad. muzliklar fao- liyati natijasida ancha tekislangan. Hoz. relefining shakllanishida suv erozi- yasi, nival mintaqada esa qor va muz- liklar harakati etakchi rol o’ynaydi. S.t.da Evropaning materik qismidagi eng yirik muzliklar joylashgan. To- glar kaledon burmalari jinslari va Boltik, qalqonining g’arbiy qismiga mansub jinslardan tuzilgan. Temir, mis rudalari, titan, pirit konlari bor. Iqlimi sernam dengiz iqdimi. Daryola- ri qisqa va sersuv. Tektonik harakatlar va muzlik natijasida paydo bo’lgan ko’l ko’p. Tog’yon bag’irlari Jan.da 900-1100 m gacha, shim.da 300-500 m gacha taiga o’rmonlari b-n qoplangan. G’arbiy yon bag’irlarida namlik kattaligi sababli botqoqlik va torfli erlar ko’p. Tog’tay- gasi mintaqasidan yuqori qismi tog’tun- drasi va o’tloqlar. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.