Sirdaryo

Sirdaryo — Sirdaryo viloyati sir- Daryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971 y.gacha shahar posyolkasi. Toshkent- dan 80 km Jan.g’arbda, Toshkent — xo- vos t.y.dagi stantsiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat marka- zi (Guliston)dan 40 km. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (2002). S.da tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, g’isht z-dlari, MTP, 3 qo’shma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad i.ch. korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy ta’lim maktablari, ped. kolle- Ji, bolalar san’at maktabi, sport MAK- tablari, kasb-hunar maktabi, Markaziy stadion, tuman Markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam bo’limi, 3 mada- niyat uyi, tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan AV- tovokzal, kasalxona, dorixona va b. sav- do, maishiy ob’ektlar ishlab turibdi.