Sindikat
Sindikat (lot. sindicatus — ishon- chli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlash- masi. Mahsulotni yagona savdo tarmog’i orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. S. ta’sis etgan umumiy savdo shirkati S.ning har bir a’zosi b-n savdosotiq to’g’risida shartnoma tuzadi. Banklar ham S. tash- kil etishlari mumkin. Bank Si a’- zolari guruhning har qanday a’zosi chiqargan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi; 2) investisiya dilerlari guruhi; investorlar o’rtasida tarqatish uchun qimmatli qog’ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozi- lik bildirganlaridan keyin S. tuzilgan hisoblanadi.