Kannibalizm
Kannibalizm — hayvonlarda o’z turi individlarini eyish hodisasi; tur ichidagi yirtqichlik. 1300 dan ortiq tur hayvonlarda aniqlangan. K., odatda, noqulay sharoitda, populyasiyalar zichla- shib ketganida, oziq yoki suv etishmagan- da ro’y beradi. Urg’ochi hayvonlar erka- klariga nisbatan K.ga moyil bo’ladi. Un qo’ng’izi (Fenebrio) juda ko’payib ketgani- da o’z tuxumlarini eb, populyasiyadagi in- dividlar soni keskin oshib ketishining oldini oladi. K. evolyusiya jarayonida tur uchun foydali moslanish tariqasida kelib chiqqan. Mac., qoraqurt va beshik- tervatarlarning urg’ochisi otalanishdan so’ng erkagini eb qo’yadi. Amerika sala- mandri ochiqqanida o’zi qo’riqlayotgan tuxumlardan bir qismini eb qo’yadi. Ay- Rim yaydoqchilarning parazit lichinka- si xo’jayini tanasidagi o’z inilarini eydi, chunki oziq faqat bitta parazit uchun etadi. Ayrim yirtqich baliqlar yosh baliqchalarni eyishi b-n oziq uchun raqobatni kamaytiradi. K. kemiruvchi- lar, ko’pchilik yirtqich hayvonlar, pri- matlar va b. orasida ham uchraydi. Shun- Day qilib, K. populyasiyadagi individlar sonini oziq resurslariga moslashtirib turadigan, turning yashab qolishiga im- kon beradigan moslanishdan iborat.