KUDO’NGGARLIK

KUDO’NGGARLIK — to’qilgan ip- gazlama va shoyini hamda oshlab olin- gan charmni urib tekislash, silliklash va unga jilo berish (pardozlash) kasbi. K. b-n usta-kudo’nggar shug’ullangan. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda qadimdan ma’lum. Usta K. da to’qmoqsimon yog’och asbob-kudo’ngdan foydalangan. K. kasbi ayrim joylarda (mas, Marg’ilonda) ki- chik xususiy hunarmandchilik korxona- larida saqlanib qolgan. Hozir bu kasb to’qimachilik korxonalarida pardozlash mashivalari zimmasiga Yuklangan. Bu- ning uchun gazlama agat, po’lat, shisha, yashma (rangdor tosh)dan yasalgan g’altaqlar (roliklar) orasidan muayyan haroratda bosim ostida o’tkaziladi. Shunda gazla- ma yoki charm sirti bir tekis, silliq va yaltiroq bo’lib chiqadi. Bu ishni maxsus presslarda ham bajarish mumkin.