Krez (Croesus)
Krez (Croesus) (mil. AV.595 — 546) — Lidiyanutg so’nggi shohi (560-546). K. yunonlarning Efes, Milet va b. shaharlarini va Galis daryosigacha bo’lgan kichik Osiyoning deyarli butun g’arbiy qismini bosib olgani tufayli podshohlik hududi anchagina kengaygan. K.ning boyligi tillarda Doston bo’lgan, u haqida ko’plab afsovalar yaratilgan. K. ellinlar (yunonlar) ni juda kadrla- gan, shu tufayli yunon ibodatxonalariga (Delfa, Efes) behisob sovg’alar yuborib turish b-n Lidiyani yunon madaniyatiga qo’shishga intilgan. Forslar podshosi Kir II b-n Pteriya yaqinida (Kappadokiya) bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchragan, Li- diya poytaxti Sardi bosib olingan, K. esa asir tushgan (546). K. davlati Axo- maniylar davlatiga qo’shib olingan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra (Gerodot va b. ko’pgiva yunon tarixchilari), K. gulxanda yondirishga hukm qilingan, biroq kir to- monidan afv etilgan; boshqa xabarlarga ko’ra (qad. Sharq mixxat manbalari), qatl etilgan.