Kromvel (Cromwell) Oliver
Kromvel (Cromwell) Oliver (1599-1658) — 17-a.dagi ingliz inqilobi arbobi, independentlar rahbari. 1640 y. Muddatsiz parlament (Qonun chiqaruvchi organ)ga saylangan. 1 — (1642-46) va 2—(1648) fuqarolar urushida qirol armiyasi ustidan g’alaba qozongan parlament armiyasining aso- siy rahbarlaridan biri. K. armiya- ga tayanib presviterianlarni parla- mentdan haydagan (1648); qirolni qatl etish va respublika e’lon qilinishiga ko’maqlashgan (1649), vatijada hokimiyat K. tarafdorlari qo’lida to’plangan. 1640 y.dan Lord-general (barcha harbiy kuchlar bosh qo’mondoni). Irlandiya va Shotlan- diyada ozodlik harakatlarini, leveller- lar va diggerdar harakatini bostirgan, K. 1653 y. parlamentni tarqatib, yakka shaxs harbiy diktatura rejimi — Pro- tektorat o’rnatgan.