KROUFUT-XOJKIN (CROWFOOT HODGKIN) DOROTI

Ma’nosi

KROUFUT-XOJKIN (CROWFOOT HODGKIN) DOROTI (1910.12.5, Jazoir — 1994) — ingliz kimyogari va biokimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1947). Rossiya Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1991). Murakkab fiziologik faol birikmalarning tuzilishini rentgeno-strukturaviy tahdil qilgan. Asarlari sterinlar, peptidlar, kofermentlar va boshqalarga bag’ishlangan. Penisillin (1946), Vitamin V|2 (1956) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1964).

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar