KSENIYALAR

KSENIYALAR (Yun. xenia — mehmondo’stlik, xenios — mehmon, be- gona) — bir o’simlikdagi urug’va meva- larning tusi, shakli, katta-kichikligi yoki boshqa belgilariga ko’ra o’zaro farq qilishi. K. changchi o’simlik genlarining endosperma belgilariga (birinchi tar- tibli K.) yoki urug’qobig’i va mevaqatga (ikkinchi tartibli K. yoki metakseniyalar) ta’siridan hosil bo’ladi. Bu hodisani ilgari ko’pgiva tabiatshunoslar ko’rsatib o’tgan bo’lsa ham, nemis biologi V. Fokke (1881) termin sifatida fanga kiritgan. Keyinchalik qo’sh urug’lanish nazariyasi kashf qilinganidan key- in K. — ikkinchi spermiyaning murtak xaltasi Markaziy hujayraning yadrosi b-n qo’shilishi (birinchi spermiya tuxum hujayra b-n qo’shiladi) vatijasi ekanli- gi aniqlandi. Shuning uchun ham changchi o’simlik urug’i endospermasining ustun (domivant) belgilari urug’chi o’simlikda hosil bo’lgan duragay urug’endosperma- sida ko’riva boshlaydi.