KROTSIMONLAR
KROTSIMONLAR (Talpidae) – hasharotxo’rlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. K. (er yuza- sida hayot kechiruvchi erqazardan tashqari) er qazib, er ostida hayot kechirishga mos- lashgan. Tanasi g’o’lasimon, tashqi quloq suprasi yo’q, oldingi oyoqlari qisqa, tirnog’i uzun va qattiq, mo’ynasi qisqa, silliq. K. yaxshi ko’rmaydi; ba’zi birla- rining ko’zi teri b-n qoplangan. Eshitish va hid bilish organi yaxshi rivojlangan. 30 dan ortiq turi bor, 12 yoki 18 urug’ga bo’linadi. Tibet, Xitoy, Yaponiya, Shim. Amerika, Evropa va Osiyoda tarqalgan. Yiliga bir marta (bahorda) 4-9 bola tug’adi. Bo’g’ozlik davri 38-40 kun. Aso- san, tuproq hayvonlari, jumladan, yomg’ir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari b-n oziqlanadi. K. er qazib, tuproqqa havo o’tishini va suv shimili- shini yaxshilaydi. O’tloq tuproklarda K. bir yil davomida 160 t ga yaqin tuproqni er yuzasiga qazib chiqaradi. Ayrim tur- lari ovlanadi. 2 turi xalqaro qizil ki- tobga kiritilgan.