ZIRK

ZIRK (Berberis vulgaris L.), qoraqand— zirkdoshlar (zirkgullilar oilasi) ga mansub butalar turkumi. Barglari qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Guli sariq, qo’sh gulqo’rg’onli, shingilga to’plangan; mevasi rezavor. Shimol yarim sharda tarqalgan. 194 turi bor. 45 turi iqlimlashtirilgan. O’zbekistonning tog’yon bag’irlarida qizil zirk bilan qora zirk tarqalgan. Zirk bargi tarkibida berberin, oksikontyn, berbamin va boshqa alkoloidlar bor. Ularning mevalari nordon, mazali bo’lganligidan turli xil taomlarga, jumladan, palovga solinadi, ovqatni xushta’m qiladi. Qora Zirk keng iste’mol qilinganligi uchun uning tusiga nisbat berib «qoraqand» deb ataladi. Tabobatda jigar xastaliklarini davolashda, isitmani pasaytiruvchi, ich ketishni to’xtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida qo’llaniladi.