Karotinoidlar
Karotinoidlar — o’simliklar, ayrim mikroorganizmlar (zamburug’lar, bakteriyalar) va hayvonlarning sariq, pushti yoki qizil pigment». K. kimyoviy tabiatiga ko’ra, asosan, tsiklik tuzi- lishga ega bo’lgan uglevodlardir. Yog’lar va organik erituvchilarda yaxshi eriy- Di. Erkin yoki oqsillar b-n kompleks holda uchraydi. K.dan karotin (o’simlik va hayvon to’qimalarida), ksantofill (o’simliklarning yashil qismida), Liko- PIN (pomidor mevasida), kriptoksantin (sariq makkajo’xori donida), astaksan- tin (qisqichbaqasimonlar qalqonida), pektinoksantin (mollyuskalar gonada- sida) ko’p uchraydi. K. odam va hayvonlar organizmiga, odatda, oziq b-n o’tadi. K.dan r-karotin va kriptoksantin A provitamin (q. Vitaminlar) bo’lib, Ji- garda vitaminga aylanadi. R-karotin tibbiyotda keng qo’llaniladi; K. — oziq- ovqat sanoatida bo’yovchi modda sifatida ishlatiladi. Karotin preparatlaridan A avitaminozda, uning kolloid suvli eritmalaridan kuygan va sovuq urganda og’riqsizlantiruvchi malham sifatida foydalaniladi. Karotin o’simliklardan olinadi; mikrobiologiya sanoatida sin- tez qilinadi.