Katakomba madaniyati

Katakomba madaniyati – ilk jez davriga mansub arxeologik mada- niyat (mil. AV. 2-ming yillik — 1-ming yillik boshlari). Qora dengizning shim. sohillari, quyi Volga bo’yida tarqalgan. 20-a. boshida rus arxeologi V. A. Gorodsov tomonidan ilmiy tavsif berilgan. K.m.ning so’nggi davrlari kimme- riylar b-n bog’liq. K.m. uchun aholining urug’doshlik munosabatlariga ko’ra, alohida qishloqlarda yashashi va mozorqo’rg’onlar xosdir. Mozorqo’rg’onlar tagidagi katakombalarta mayyitlar yon tomonga yonboshlatib oyoqparini bukkan holda dafn etilgan, ularning ustiga olov ramzi bo’lgan qizil bo’yoq sepilgan. K.m.ga oid sopol idishlar, tosh va jez- dan yasalgan mehnat qurollari va qurol- aslaha, suyak va jez bezak buyumlari to- pilgan. K.m. qabilalari ko’chmanchilik va dexqonchilik b-n mashg’ul bo’lishgan, shuningdek, mis va jez metallurgiya- sidan ham xabardor bo’lib, atrofdagi qabilalar, ayniqsa Kavkaz qabilalari va ular orqali Old Osiyo, Eron, Misr b-n savdo aloqalari olib borishgan. K.m. kabilalarida matriarxat o’rnini Patri- arxat egallagan, mulkiy tabaqalanish ko’zga tashlana boshlagan (zodagonlarning qabridagi ashyolar qimmatbaholigi b-n ajralib turadi).