Katamaran
Katamaran (Tamilcha kattumaram; so’zma-so’z — bog’langan xodalar) — 1) bir-biriga bog’langan bir necha xodadan iborat sol. Kisqa suv yo’llari va baliq ovida ishlatiladi. Hind okeanining Osiyo tomondagi qirg’oklari va ularga yondosh orollarda, tinch okean orollari va Jan. Afrikada yashovchi xalklar foy- dalanadi. Eshkak yoki elkan yordamida harakatlanadi; 2) eshkak-yuk tashiydi- gan katamaranli yoki elkanli kichik kema. Ikki uchi teshilgan va o’tkirlangan bir necha g’o’lani birlashtirib yasaladi; 3) bir-biriga Birlashgan ikki korpusli (katta palubali) yoki qalqovuch — muvo- zanatlagichi bort tashqarisida joylash- gan bir korpusli kema. Dengizda yaxshi suzishi va suvda turg’unligi b-n farq qiladi. Daryo, dengizda yo’lovchilar va yuk tashish, baliq ovlash, sport-sayyohlik va b. maqsadlarda foydalaniladi.