KATTA ILMIY XODIM

KATTA ILMIY XODIM — O’zbekistonda i.t. muassasalari va oliy o’quv yurtlarida ilmiy unvon va lavo- zim. K.i.x. unvoni tanlov bo’yicha yoxud attestasiya tartibi asosida i.t. bo’limi (bo’linmasi, sektori, lab.) mudiri, bosh ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim, K.i.x. yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlan- gan, kamida 3 y.lik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan, dissertasiya ximoyasidan keyin e’lon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida 1 y. muvaffaqiyatli ishlagan fan D-rlari va nomzodlariga beriladi. K. i. x. unvoni- ni, qaysi idoraga bo’ysunishidan qat’i nazar, respublika oliy o’quv yurtlari va i. t. muassasalari ilmiy (ilmiy-texni- ka) Kengashlarining tavsiyasiga binoan, O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi beradi. K. i. x.larga belgilab qo’yilgan namuna- dagi attestatlar topshiriladi. 2001 y. O’zbekistonda 415 kishi K. i. x. unvoniga ega bo’lgan.