Katta Kavkaz

Katta Kavkaz — qora dengiz b-n Kaspiy dengizi oralig’ida shim-g’arbdan Jan.-sharqqa cho’zilgan tog’sistemasi. Uz. 1100 km dan ziyod, eni 180 km gacha. O’q qismida — Bosh tizma, ya’ni suvayirg’ich va yon tizmalar joylashgan; bu tizmalar- dan yana bir qancha tarmoqlar ajralib chiqqan. Eng baland joyi — 5642 m (el- brus). K. K. 3 qismga bo’linadi: Fapbiy Kavkaz (Anapa sh.dan Elbrus tog’igacha), Markaziy Kavkaz (Elbrusdan Kazbek cho’qqisigacha) va Sharqiy Kavkaz (Kazbek- dan Sumgait sh.gacha). Tog’yon bag’irlarida tog’-o’rmon va tog’-o’tloq landshafti hukmron. Muzliklar (1780 km2) bor (yana q. Kavkaz).