KATTA NAMANGAN KANALI

KATTA NAMANGAN KANALI — sug’orish inshooti. Namangan viloyati hududida Norin daryosidagi Uchqurg’on GES to’g’oni hosil qilgan suv ombori- dan boshlanadi. Uz. 162 km, bosh qismida suv sarfi 61,8 m3/s. 1970-79 y.larda qurilgan (Namangan sh.gacha bo’lgan 54 km uzunlikdagi 1-navbati 1976 y.da bitkazilgan; 2-navbati Namangan sh.dan Tojikiston Respublikasi chegarasigacha davom etadi, uz. 108 km). Sirdaryoning o’ng sohilbo’yi tog’oldi qismi bo’ylab Pop sh. (Olmossoy)gacha etib boradi. Ka- nal 47 ming ga (ilgaridan sug’orilgan 19,2 ming ga, yangi ochilgan 27,8 ming ga) erni sug’oradi. K. N. k. trassasi shim. Farg’ona kanalidan 6-7 km masofada unga parallel holda o’tadi. Kanal gidro- metrik postlar, gidrotexnika inshootla- ri b-n jihozlangan.