KATTA SUVAYIRG’ICH TIZMA

KATTA SUVAYIRG’ICH TIZMA -Avstraliyaning Sharqiy va Jan.-Sharqiy sohili bo’ylab 4 ming km ga cho’zilgan tog’tizmasi. K.s.t. neogen-antropogenda ko’tarilgan. Tog’lar, asosan, paleozoy, qisman, mezozoy jinslaridan tuzilgan. Tizmaning Markaziy qismida neft va gaz konlari, g’arbiy yon bag’rida qalay, po- limetall rudalari, oltin, mis, Nyukasl va Vullongong sh.lari atrofida yirik toshko’mir konlari topilgan. K.s.t.ning 28° j. k.dan shim.dagi qismining kengli- gi 650 km ga etadi, o’rtacha bal. 1000 m. 28° j.k.dan Jan.da K.st. ayrim tizmalar- dan iborat. Avstraliya Alp toglarining cho’qqilari (Kossyushko tog’i, 2230 m va b.) Avstraliyadagi eng baland cho’qqilardir. K.S.T. subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan. Yillik yog’in Sharqiy yon bag’irlarida 1000— 2000 mm, g’arbiy yon bag’irlarida 500— 700 mm. O’rtacha oylik t-ra shim. dan janubga tomon pasayib boradi: ezda 26-27°, qishda 17-10°. K.s.t.ning g’arbiy yon bag’ridan Murrey va Darling daryolari boshlanadi. Sharqiy yon bag’ri o’rmon b-n qoplangan. 1000 m ba- landlikkacha doim yashil, sernam va evka- liptli tropik o’rmonlar o’sadi. Avstra- liya Alp tog’larida past bo’yli daraxt- lar, 1600-2000 m dan yuqorida o’tloqlar bor. O’rmonlarda koala, kuskus, daraxt kengurusi, jannat qushi, liraqush, Kazu- ar, to’ti va b. yashaydi.