Kasals (Casals) Pablo
Kasals (Casals) Pablo (1876.29.12, Barselona yaqinidagi Ven- drel qishlog’i — 1973.22.10, Puerto- Riko, San-Xuan sh.) — ispan sozandasi (violonchel), dirijyor, kompozitor, musiqa-jamoat arbobi; 20-a. jahon musiqasi namoyandalaridan. Barselona va Madrid konservatoriyalarida ta’lim olgan. Kontsert faoliyatini 1890-y.larda Barselonada boshlagan. 1899 y.dan Ev- ropa va Amerika mamlakatlarida, 1901 y.dan jahon bo’ylab gastrolda bo’lgan. K. zamonaviy violonchel ijrochiligida yangi davr ochdi, uning ijrosi sermazmun- ligi, o’ta ifodaviyligi, yuksak texnik va badiiy mahorati, turli musiqa uslubla- rini chuqur his etishi b-n ajralib tura- Di. Barselonada ilk simfonik orkestr (1920) va ishchilar musiqa jamiyatini (1924), San-Xuanda simfonik orkestr (1959) va konservatoriyani (1960), prad (Frantsiya, 1950) va San-Xuanda (1957) musiqa festivallarini tashkil qilgan. Bir necha simfonik, xor, kamer-cholg’u asarlar muallifi. BMT uchun «tinchlik madhiyasi»ni yaratgan (1971). 1957 y.dan K. nomidagi xalqaro tanlovlar (Parij va Budapeshtda) o’tkaziladi.