Kaufman Konstantin Petrovich
Kaufman Konstantin Petrovich [1818.19.2(2.3) — 1882.4.5, Toshkent] -Tur- kistonni bosib olish maqsadida Ros- siya uyushtirgan harbiy yurishlarning rahbari, Turkiston general-gubernatori (1867-82). Ruslashgan nemis dvoryani oilasida tug’ilgan. Rossiya imperatori xonadoniga yaqin oilada tarbiyalandi. Ettisuv kazak qo’shinlarining atamani, general-ad’yutant (1864), muhandis- general (1874). Xalq o’rtasida istehzo b-n «yarim podsho» deb atalgan. Rossiya Turkistonni bosib olishga kirishgach, Turkiston o’lkasining 1-general-gu- bernatori va Turkiston harbiy okru- gi qo’mondoni. K.ga Rossiya imperatori Aleksandr II juda katta vakolatlar ber- gan. K. 1868 y. 1 yanv.da Toshkentga keldi. K. Rossiya hukmron doiralarining shovi- nistik va bosqinchilik siyosatini tur- kistonda izchillik b-n davom ettirdi. Buxoro amirligi (1868) va Xiva xonligi (1873) hududining katta qismini bosib oldi, Qo’qon xonligini tugatdi (1876). Turkiston o’lkasini boshqarish tarti- blarini joriy qilib, o’zi harbiy guber- natorlar, uezd boshliqlari va polisiya faoliyatiga rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi b-n mustaqil aloqalar o’rnatgan. K. Turkistonni mu- stamlaka asoratida saqlashga, uni Ros- siyaning xom ashyo bazasiga aylantirishga katta xizmat qilgan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 1-kitob [Turkiston chor Rossiyasi mu- stamlakachiligi davrida], T., 2000.