Kremniy
Kremniy (1U)-oksid, kremniy dioksid, (qumtuproq), SiO2 — rang- siz kristall, amorf yoki shishasimon modda. Er yuzida eng ko’p tarqalgan birikma; kvars, tog’xrustali, kum- tuprok va b. shakllarda uchraydi. Bir necha polimorf shakl o’zgarishi (mo- difikasiya) ga ega. a-kvars, R-kvars, a-tridimit, r-tridimit, a-kristobalit, r-kristobalit, kitit, koesit, stishovit, talasimon SiO2 va shishasimon SiO2. Ta- biatda eng ko’tt tarqalgan kvars, u kvars qumi (qumtuproq), agat, ametist va b. mi- nerallar ko’rinishida bo’ladi. SiO2 ning kristall shakllari SiO4 tetraedrlari- dan tuzilgan, a va r-shakllarda esa tetra- edrlar birmuncha surilgan va burilgan holda bo’ladi. Suyuqlanish t-rasi 1723°, suvda eruvchanligi 10 3% (massasiga nisbatan) mineral kislotalar (ng’dan tashqari) va organik kislotalarda eri — maydi. Silikat shisha va shishasimon ma- teriallar, chinni, fayans, sopol buyumlar, olovbardosh va silikat gishtlar, tsement va abraziv materiallar i.ch.da qo’llanadi. Kvars monokristallari radiotexnikada (turli sozlovchi asboblar, filtrlar, re- zovatorlar va b.), elektronikada va optic asboblar tayyorlashda ishlatiladi.