Kotib Chalabiy, Hoji Xalifa
Kotib Chalabiy, Hoji Xalifa (asli ismi Mustafo ibn Abdulloh; 1609, Istanbul — 1657.24.7) -turk geografi, tarixchisi. Evropada Hoji Xalifa ta- xallusi b-n mashhur bo’lgan. Dastlabki ilmni otasi Iso Xalifa al-Qrimiydan olgan. Keyinchalik boshqa olimlardan ta- rix, ilmi nujum, geogr. va mat. fanlari- ni o’zlashtirgan. 1622 y.dan saroyda ko- tiblik qilgan. 1627-35 y.larda harbiy yurishlarda qatnashgan. 1643 y.dan saroy- da muhosib ishlari b-n shug’ullangan. K. Ch. tarixiy «taqvim ut-tavorix» («ta- rixlar taqvimi»), dengiz janglari tari- XI to’g’risida «Tuhfat ul-kibor Fi Asfor il-bihor» («dengiz yurishlari haqida ulug’larga tuhfa»), tarixiy-Geo-grafik «Jahonnamo» («Jahon ko’zgusi»), bibli- ografik «kashf uz-zunun» hamda moliya masalalariga oid asarlar muallifi. «Jahonnamo» to’plamida boshqa xalqlar tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, shu- ningdek, topografiya va toponimikaga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Muallif bu asarni yozishda Sharq olim-larining bizgacha etib kelmagan ko’pgina asarlaridan foydalangan. Asarda hoz. O’rta Osiyo hududiga qariyb 2 bob ajra- tilgan. Unda O’rta Osiyo geografiyasi, xalqlarining tarixiga oid ma’lumot- lar bor. «Jahonnamo» da K.Ch. birinchi bo’lib evropalik va Sharq olimlarining mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarini qiyoslagan.