Kvasnevski (Kwasniewski) Aleksandr

Kvasnevski (Kwasniewski) Aleksandr (1954.15.11, Byalogard) — Polsha prezidenti. Gdansk un-tining transport iqtisodiyoti f-tini tugat- gan (1978). Yoshlar harakatida faol qatnashgan. 1977-81 y.larda polyak ta- labalari sosialistik Ittifoqi voevoda pravleniesi raisi o’rinbosari, «ITD» haftaligi, «Shtander mlodix» («yosh- lar bayrog’i») gaz. muharriri. 1985-87 va 1988-89 y.larda vazir — Vazirlar Kengashi a’zosi. 1987 y.dan yoshlar va jismoniy madaniyat ishlari komiteta, Polsha Olimpiya komiteti raisi. 1990 y.dan Polsha Respublikasi sosial-de- mokratiya partiyasi bosh kengashi raisi. 1995 y. noyab.dan Polsha Respublikasi prezidenti. 2002 y. okt.da rasmiy tash- rif b-n O’zbekistonda bulgan.