KOSMIK RADIONURLANISH

KOSMIK RADIONURLANISH -kosmik ob’ektlar va har qanday kosmik jismlarning to’lqin o’z. 1 mm dan katta bo’lgan soqadagi nurlanishi. 1932 y.da amerikalik olim K. Yanskiy kashf etgan. Umumiy holda radionurlanish deyarli barcha jismlarga mansub bo’lib, ba’zi- lari kuchli (pulsarlar, kvazarlar, ra- diogalaktikalar), ba’zilari kuchsiz (oy, sayyoralar, Quyosh, tumanliklar, Xabbl sinfi galaktikalari va b.) radio nurlar tarqatadi. Har qanday K. r. vujudga kelishi uchun ma’lum sabab bo’ladi. Mac, Quyoshning radionurlanishi uning atmosferasi yuqori qatlamlaridagi keskin ionlash- gan qaynoq plazma gazidan tarkaladi. Bu atmosferaning turli katlamlaridan turli radionurlanishlar kelayotgani sa- babli, vaqt davomida yuz berayotgan fizik hodisalar ham radioto’lqinlar orqali o’rganiladi. Quyosh tojining t-rasi bir necha o’n ming gradusli quyi qismida santimetrli radioto’lqinlar, t-rasi 2-106 gradusli eng yuqori qismida met- rli radioto’lqinlar tarqaladi. Ayrim radioto’lqinlar er atmosferasidan o’ta olmaydi, xolos ayniqsa, to’lqin o’z. 30 m dan katta bo’lgan K. r. ionosferadan o’ta olmaydi, to’lqin uzunligi kichik bo’lganlarini esa er atmosferasidagi suv bug’lari va kislorodlar yutadi. K. r. xususiyatlari, mexanizmlari va uning manbalari fizikasi radioastro- nomiya fanida o’rganiladi. K. r. Er sir- tidan radioteleskop va radiointerfero- metrlar yordamida kuzatiladi. Radionur- larni kuzatishga ob-havoning ta’siri deyarli sezilmaydi. K. r. ning xususi- yatlarini o’rganish Koinot to’g’risidagi taassurotlarni ma’lum daraja kengay- tiradi.