KONTAKT METAMORFIZMI

KONTAKT METAMORFIZMI — tog’jinslarining unga singib o’rnashgan intruziv magmatik jismlar ta’sirida o’zgarishi. Me’yoriy (kontaktli) va kon- takt-metasomatik metamorfizmi farq qilinadi. Birinchi holatda tog’jinsla- rining tarkibi deyarli o’zgarmaydi, ik- kinchisida esa jinslar tarkibi butkul o’zgaradi. K.m.ga cho’kindi jinslar ham, magmatik jinslar ham uchrashi mumkin. K.m.ning xarakterli minerallari: anda- luzit, kordierit, brusit, tremolit-AK- tinolit, diopsid, grossulyar, shpinel, vollastonit, rogovaya obmanka (shox al- damchisi), piroksin, granat va b. Ba’- zida gipabissal intro’ziyalarga bog’liq ravishda montichellit, larnit, sperrit kabi noyob minerallar ham vujudga kela- Di. O’zbekistonda skarnlar b-n yoki ular yaqinida Qo’ytosh, Qizilqumda K.m. zona- lari mavjud.